12:30 / 30.09.2018
10268

«Real»da jarohatlar sindromi. Isko va Marselo ortidan Beyl ham safdan chiqdi

«Real» hujumchisi Garet Beyl Ispaniya chempionati 7-turi doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan (0:0) Madrid derbisini oxirigacha tugata olmadi. 

Madridliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uelslik futbolchini tanaffusdan so‘ng zaxiraga oldi. COPE jurnalisti Aranchi Rodriges bergan xabarga ko‘ra, futbolchining son qismidagi mushaklari jarohatlangan. 

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, endi Beyl Chempionlar Ligasi 2-turida TsSKAga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib yuboradi. U qachon safga qaytishi hozircha ma'lum emas.

Bundan oldin «Real»ning yana ikki yetakchi futbolchisi – Isko hamda Marselo ham TsSKA bilan o‘yinni jarohat sababli o‘tkazib yuborishi ma'lum qilingan edi. Isko bir oy muddatga, Marselo esa 3 haftaga safdan chiqqan.

Top