14:40 / 10.10.2018
15675

Xitoyda milliarderlar soni keskin kamaydi

Foto: Tyrone Siu / Reuters

Xitoyda so‘nggi 20 yil ichida milliarderlar soni rekord darajada pasaydi. Mamlakatning eng boy odamlari ro‘yxatini Hurun jurnali e'lon qildi.

Xabar qilinishicha, 2018 yilda ro‘yxatga 1893 kishi kirgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kam, o‘shanda unda 2130 kishining nomi qayd etilgandi. 456 kishi mamlakatning eng boy odamlari ro‘yxatidan chiqib ketdi, bu yigirma yil ichidagi eng ko‘p miqdorga aylandi. Shu bilan birga, unda 219ta yangi ism paydo bo‘ldi.

Eng boy xitoylikka Alibaba Group asoschisi Jyek Ma aylandi. Uning boyligi 39 milliard dollarga baholandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘p.

Jyek Ma
Foto: REUTERS

Mamlakatda jami 620 nafar dollardagi milliarder bor. Bu 2017 yilga qaraganda kamroq, lekin besh yil oldingi darajadan ikki barobar va 10 yil oldingi ko‘rsatkichdan olti barobar ko‘p. Ta'kidlanishicha, 20 yil oldin mamlakatda bir nafar ham dollardagi milliarder bo‘lmagan. Xitoydagi eng boy odamlar umumiy sonidan 28,7 foizi ayollardir, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.

Top