15:11 / 11.10.2018
7422

Gretsiya AQShga harbiy bazalar bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Foto: Kathimerini

Gretsiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga mamlakatda yangi Amerika bazalarini barpo etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Kathimerini xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Gretsiyaning Aleksandrupolis, Larissa i Volosida AQShga qarashli qo‘shimcha bazalarni joylashtirish taklifi Pentagon rahbari Jyeyms Mettis tomonidan qabul qilib olingan.

Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenosning so‘zlariga ko‘ra, Afina Vashingtonni yagona strategik sherik va ittifoqdosh sifatida ko‘radi.

«Gretsiya uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari nafaqat Sud ko‘rfazida, balki Volos, Larissa va Aleksandrupolisda ham doimiy ravishda mamlakatdagi qurolli kuchlarni rivojlantirishlari muhim», - deya ma'lum qildi Kammenos.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha AQSh harbiy bazasi uchun «milliardlab dollar» to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Top