08:57 / 11.10.2018
39087

Mirziyoyev qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish haqida topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari bo‘yicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda bo‘sh pul mablag‘larining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

Davlat rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh mablag‘larini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2011 yilda qimmatli qog‘ozlar chiqarishni to‘xtatdi. 1996 yildan 2011 yilgacha Moliya vazirligi umumiy qiymati 803 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlar chiqargan, ularning o‘rtacha yillik qiymati 50 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Top