11:33 / 11.10.2018
5483

“O‘zagroeksport” oldindan to‘lovsiz mahsulotlarni eksport qilishi mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar ro‘yxatiga yangi pozitsiya qo‘shildi

Foto: Pinterest

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin bo‘lgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 avgustdagi 609-qarori bilan tasdiqlangan “O‘zagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin bo‘lgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya qo‘shildi:

Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Top