19:26 / 12.10.2018
14638

Afsonaviy Useyn Bolt futboldagi gollari hisobini dubl bilan ochdi

Foto: Getty Images

Yugurish bo‘yicha 8 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik yengil atletikachi Useyn Bolt endi futbol maydonlarida ham muvaffaqiyat qozona boshladi.

Hozirda Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” klubida to‘p surayotgan Bolt futboldagi gollari hisobini dubl kiritish bilan ochdi. U “Makartur Saut Vest”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 57- va 68-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qila oldi. Uchrashuv esa 4:0 hisobida yakunlangan.   

“Men ilk bor boshlang‘ich tarkibga tushib, ikkita gol ura oldim, bu yoqimlidir. Men bu yerga kelib, dunyoga yaxshi futbolchi bo‘lib borayotganimni isbotlay olganimdan xursandman. Men o‘z futbolimni ko‘rsatib, jamoa asosiy tarkibidan o‘rin olmoqchiman”, deb aytgan 32 yoshli Bolt o‘yindan keyin.   

Afsonaviy sprinter yengil atletikadan 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin ketgan. Bolt “Sentral Kost Mariners” bilan avgust boshida muddatsiz shartnoma imzolagan. Shartnoma Boltga professional shartnoma tuzishni kafolatlamaydi. Yamaykalik sportchi klub safida avgust oxirida ilk bor maydonga tushgan. 

Top