18:26 / 12.10.2018
7869

Bo‘stonliqda haydovchi 3 fuqaro va 3 mashinaga zarar yetkazdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida haydovchining mastligi sabab ro‘y bergan avtotransport hodisasi oqibatida 3 nafar fuqaro jarohatlanib, tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi, deb yozmoqda O‘zA.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ma'lum qilinishicha, qibraylik 24 yoshli D.I. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtotransport vositasi bilan tumanning Qoronqul mahallasi hududida “Matiz“ rusumli avtomashinaning orqa tomonidan to‘qnashib ketgan. “Matiz“ boshqaruvi yo‘qolib, yo‘lda dumalab ketgan va yo‘lning o‘ng tomonida turgan “Spark“ rusumli avtomashinaga urilgan. Shundan so‘ng yo‘l chetidagi pastlikka qulagan.

Mazkur avtotransport hodisasi tufayli “Matiz“ avtomashinasi boshqaruvida bo‘lgan D.E. hamda yo‘lovchilari O.P. va L.K. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida haydovchi D.I. transport vositasini mast holatida boshqargani aniqlangan.

Fuqaro D.I.ga nisbatan tegishli tartibda jazo choralari ko‘rilmoqda.

Top