10:40 / 12.10.2018
14292

Rossiya mudofaa vaziri Toshkentga keldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha 11 oktabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarboyjon, Armaniston va Belarus respublikalarining vazirlari bilan uchrashdi.

Top