18:48 / 13.10.2018
69872

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston poytaxtida isitish mavsumi joriy yilning 16 oktabridan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi. 

Unga ko‘ra, 2018 yil 16 oktabrdan ijtimoiy soha obektlarida, 2018 yil 19 oktabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi.

Ma'lumot uchun, 2017/2018 yil isitish mavsumi ijtimoiy soha obektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan.

Top