16:32 / 25.10.2018
22241

Sportzal va parhezlarsiz 500 kaloriya yo‘qotamiz

1 kg yog‘ni ketkazish uchun deyarli 8 ming kaloriyadan foydalanish kerak bo‘ladi. Albatta, buni bir kunda amalga oshirish imkonsiz. Biroq qadam-baqadam bajarish mumkin. Masalan, taklif etilganlar orasida sevimlisini tanlab, kuniga 500 kaloriyadan xalos bo‘lishingiz mumkin.

Foto: Pixabay

Velosiped

O‘rtacha tezlikda bor-yo‘g‘i bir yarim soat ideal qomat uchun kurashda yordam beradi. Bundan tashqari, velosiped – sayr yoki bir joydan ikkinchi joyga bepul yetib olish uchun a'lo usul.

Roliklar

Agar ularni yoqtirsangiz, siz uchun yaxshi variant. Bir soat uchib, 500 kaloriyadan xalos bo‘lish mumkin. Agar tezlik oshirilsa, 900 kaloriya ham bemalol ketadi. Bundan tashqari, bu sport oyoq va qorin mushaklarini a'lo darajada mashq qildiradi.

Yoga

U har bir kishiga mos keladi. Tananing hamma qismlari ustida ishlashda yordam beradi. Mashg‘ulotlarni qoldirmang. Ana o‘shanda natijani uzoq kutmaysiz.

Foto: Pixabay

Bir joyda yugurish

50 daqiqa davomidagi bunday kardiomashq qomatga yordam beradi. Bundan tashqari, yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi. Uning ijobiy jihati shundaki, uydan hech qayerga chiqish ham talab etilmaydi.

Arqon

Unda ham 50 daqiqa davomida sakrash kerak. Biroq bir martada shuncha vaqt sakrash – azobning o‘zginasi. Ammo mashg‘ulotni bir necha martaga taqsimlab, kun davomida 10 daqiqadan sakrash mumkin.

Oynalarni yuvish

Oddiy turmush yumushlarini bajarib ham kaloriyalarni eritish mumkin. Oynalarni 2 soat davomida yuvish vaqtida shahar manzarasini tomosha qilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz.

Foto: Pixabay

Basseyn

Suv haqiqatan ham yog‘larni eritadi. Agar unda suzilsa. Bir soatlik mashg‘ulot davomida oyoq va qorin mushaklari, shuningdek, yelkalarni ham mashq qildirish imkonini beradi.

Musiqa

Tinglang va raqsga tushing! Qat'iy harakatlar bilan orzudagi kaloriyani bir soatda yo‘qotish mumkin. Agar sokin raqslarni tanlasangiz, 2 marta kamroq.

Bir joyda turish

Ha, bir joyda turganimizda ham kaloriya yo‘qotar ekanmiz. Masalan, soatiga 105. Bu yotish yoki o‘tirgandagiga qaraganda ancha ko‘proq. Shunday ekan tik turish orqali ham ozish mumkin.

Mavzuga oid
Top