09:12 / 26.10.2018
55104

Bo‘stonliq tumani sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi. IIV tizimida yangi tayinlovlar yuz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. 

Xususan, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Muxametali Allambergenovich Xojamuratov

podpolkovnik Muxametali Allambergenovich Xojamuratov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Atabek Charjouovich Abdirov

podpolkovnik Atabek Charjouovich Abdirov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Avaz Qurbonovich Elbekov

podpolkovnik Avaz Qurbonovich Elbekov - Buxoro viloyati Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Sherzod Utkirovich Shokirov

podpolkovnik Sherzod Utkirovich Shokirov - Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Mirshoxid Dilmurodovich Sobirjonov

mayor Mirshoxid Dilmurodovich Sobirjonov - Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Ibrohim Islomovich Xasanov

podpolkovnik Ibrohim Islomovich Xasanov - Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Abdumannon Abdurashidovich Asqarov

mayor Abdumannon Abdurashidovich Asqarov Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV hududiy tizimlarida 8ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirilgandi.

Qayd etib o‘tish lozimki, Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan podpolkovnik Ibrohim Xasanov 2017 yilning iyul oyida Bo‘stonliq tumani hokimligidan olingandi.

Top