09:21 / 30.10.2018
9888

Rishtonda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Joriy yilning 28 oktabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Yoyilma qishlog‘i To‘lqin ko‘chasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi 1986 yil tug‘ilgan fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etishgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadon egasi va mehmon tunab qolgan uyning isitish pechining dudburoni (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani sababli, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgan va tortish kuchini yo‘qotganligi ma'lum bo‘ldi.

Foto: FVV matbuot xizmati 
Foto: FVV matbuot xizmati 

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi.

Mavzuga oid
Top