21:10 / 31.10.2018
12501

Xitoy kompaniyasi ikkita displeyli smartfon chiqardi

Foto: GSMArena

Xitoyning ZTE kompaniyasi ikkita displey bilan jihozlangan nubia X smartfonini yaratdi. Qo‘shimcha displey uning orqa tomonida joylashgan. 

Smartfonning asosiy displeyi 6,26 dyuymli va 1080×2280 pikselli. Qo‘shimcha displey kichikroq o‘lcham va soddaroq ko‘rsatkichlarga ega: 5,1 dyuymli va 720×1520 pikselli.

Qurilmada selfi olish uchun kamera mavjud emas. Buning uchun qo‘shimcha ekrandagi tasvirdan foydalanib asosiy kameradan foydalanish mumkin.

Asosiy kamera 16 Mpli va 24 Mpli ikkita moduldan iborat. Qurilma Snapdragon 845 protsessori negizida ishlaydi, tezkor xotirasi hajmi 6 Gbdan 8 Gbgachani, ichki xotirasiniki esa 64 Gbdan 256 Gbgachani tashkil qiladi. Qurilma batareyasining sig‘imi 3800 mA-soat. 

Qurilmaning narxi 473 dollarni tashkil qiladi. 

 

Mavzuga oid
Top