21:37 / 02.11.2018
48019

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Rashid Rahmatov O‘zbekiston Bosh prokurorining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu xabarni Bosh prokuratura Matbuot xizmati tasdiqlagan.

Rashid Rahmatov

R.Raxmatov 1978 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro shahar prokurori, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.​ 

Top