21:49 / 02.11.2018
42626

Pokistonda “Tolibon otasi” otib ketildi

Foto: AP / Mohammad Sajjad

Pokiston senatining sobiq a'zosi, “Tolibon otasi” laqabi bilan ma'lum bo‘lgan Sami al-Haq 2 noyabrda Pokiston shimolida otib ketildi. Bu haqda al-Haqning o‘g‘liga iqtibos keltirgan holda Daily Pakistan nashri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Sami al-Haq Ravalpindi shahridagi uyida o‘qotar quroldan olingan jarohat bilan o‘lik holda topilgan. Hujum qilgan kishining shaxsi noma'lum.

Ma'lum qilinishicha, al-Haq o‘z laqabini “Tolibon” harakati asoschisi Muhammad Umar bilan yaqin aloqalari sababli olgan. U, shuningdek, sunniy-devabandiylarning siyosiy partiyasi JUI-S fraksiyasiga boshchilik qilgan.

Top