08:31 / 04.11.2018
24945

Xitoyda dunyodagi ilk bukiluvchan smartfon taqdim qilindi

Pekindagi anjumanda Rouyu Technology kompaniyasi dunyodagi ilk bukiluvchan smartfon FlexPai’ni taqdim qildi.

Foto: royole.com

Gadjyet 8-seriyadagi Qualcomm Snapdragon protsessorida ishlaydi hamda 7,8 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan.

Qurilmani yaratish vaqtida uning displeyi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan. Smartfon umumiy hisobda bukish, burash, cho‘zish va yuqoridan tashlanishga 200 mingdan ko‘proq sinovdan o‘tgan. 

Qurilma Android operatsion tizimi ostida ishlaydi. Smartfon Xitoy bozoriga chiqarilib, narxi 1291 dollarni tashkil qiladi. Uning qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi borasida hozircha ma'lumot yo‘q.

Foto: royole.com
Foto: royole.com
Foto: royole.com
Mavzuga oid
Top