15:32 / 05.11.2018
7020

Vaqf xayriya jamoat fondining «Mehr-muruvvat karvoni» Qoraqalpog‘iston va Xorazmda bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

3-4 noyabr kunlari «Vaqf» xayriya jamoat fondining “Mehr-muruvvat karvoni” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytida xabar berilgan.

«Vaqf» fondi Nukusda

Fond vakillari dastlab Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidida, ertasiga esa Urganch shahridagi «Qutlug‘ qadam» shodiyonalar uyida bo‘lib, har ikki viloyatdan 100 tadan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 15 nafardan shaxsga nogironlik aravachasi, “Muhammad al-Beruniy” madrasasi va “Imom Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurtida ta'lim olayotgan barcha talabalarga issiq kiyim-kechaklar ulashdi va ulardagi ikki nafardan talabaning shartnoma po‘lini to‘lab berdi.

Shuningdek, «Mehr-muruvvat karvoni» Nukus shahri va Xorazm viloyatida 4 tadan oilaning xonadonlari ta'mirlab berilishi rejalashtirildi va masjid imom-xatiblariga diniy-ma'rifiy kitoblar berildi.

«Vaqf» fondi Nukusda
«Vaqf» fondi Nukusda

Eslatib o‘tamiz, «Vaqf»  xayriya jamoat fondi tashkil qilingandan buyon saxovat va mehr-muruvvat uylari, kasalxonalar, maktab-internatlar, ko‘makka muhtoj oilalar, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar va nogironlarga xayriya yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Avvalroq, oktabr oyi o‘rtalarida fondning rejalari ma'lum qilingan, jumladan, kam ta'minlangan, nogironligi bor, boquvchisi yo‘q, chin yetim va muhtoj yigit va qizlarning nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazib berish bo‘yicha yangi loyihaga qo‘l urilayotgani haqida xabar berilgan edi.

«Vaqf» fondi Urganchda
«Vaqf» fondi Urganchda
«Vaqf» fondi Urganchda
«Vaqf» fondi Urganchda
Xayriyalar miqdori milliard so‘mdan oshgan: «Vaqf» xayriya jamoat fondi faoliyati haqida hisobot berildi
Top