21:16 / 08.11.2018
21394

Mbappening ikki natijasi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Ginness rekordlar kitobining ikki karra rekordchisiga aylandi.

L'Équipe xabariga ko‘ra, 2017 yilda futbolchi tomonidan erishilgan yutuqlar rasman kitobga kiritildi.

2017 yil 9 may kuni Mbappe «Monako» tarkibida, Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Yuventus»ga gol urdi va bunday ko‘rsatkichga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi – 18 yosh 140 kun.

Bundan tashqari, hujumchi 2017 yil dekabrda «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi - 18 yosh 293 kun.

Mavzuga oid
Top