21:50 / 09.11.2018
18409

Bo‘ka tumaniga IIBning yangi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ichki ishlar boshqarmasining yangi boshlig‘i tayinlandi.

Endilikda polkovnik Ilhomboy Tilavbayevich Xudaybergenov Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.

Ilhomboy Tilavbayevich Xudaybergenov

U bu lavozimda o‘tgan oyda paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli ishdan olingan Ixtiyor Hasanov o‘rnida ish boshlaydi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan oyda paxta hosilini yig‘ib olishdagi kamchiliklari uchun Bo‘ka tumani prokurori va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishdan ketgandi.

Top