11:07 / 13.11.2018
23547

Xayriya: Jigar sirrozi yosh umrni xazon qilmasin, befarq bo‘lmaylik, azizlar!

O‘tkinchi dunyosiga kelgan har bir bandaga uning sabri yetgunchalik sinov keladi. Kimningdir mol-mulkiga musibat yetsa, yana kimningdir tan sihatligiga putur yetadi. Shundaylardan biri og‘ir dardga chalingan hamyurtimiz Feruz Ahrorovdir. 2-guruh nogironi bo‘lgan Feruz 1991 yil 8 iyunda Navoiy viloyati Karmana tumanida tavallud topgan. Bugungi kunda Navoiy shahri, Tinchlik 1-a uyda istiqomat qiladi. 

4 yoshli o‘g‘ilchaning otasi bo‘lgan Feruzda taxminan 6 yillar avval gepatit V aniqlangan va bu jigar sirroziga olib kelgan. Keyinchalik, unda gepatit D virusi ham borligi ma'lum bo‘lgan. Feruzga virus etiologiyali jigar sirrozi, HbsAg va HBV ijobiy, Chayld-pyu bo‘yicha dekompensatsiya bosqichi tashxisi qo‘yilgan. 

Buning natijasida portal gipertenziya, splenomegaliya, Astsit, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi kabi asoratlardan aziyat chekmoqda. Oxirgi marotaba qizilo‘ngachida qon ketishi oqibatida jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirgan. Rafiqasi Karmana tumanidagi maktabgacha ta'lim maskanida ishlashi barobarida oliy ta'limni shartnoma asosida davom ettirmoqda. Ta'kidlash o‘rinliki, Feruzning ahvoli kundan-kun og‘irlashmoqda. Davolanish uchun esa, katta mablag‘ zarur

Hayotda katta orzularini ro‘yobga chiqarishni xohlayotgan, farzandining kamolini ko‘rishni istayotgan hamyurtimiz  xayr-saxovatli yurtdoshlaridan yordam qo‘lini cho‘zib,  ehson qilishlarini so‘ramoqda. KUN.UZ tahririyati ham saxovatpesha o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, moddiy tanglikda qolgan yana bir hamyurtimizning mushkulini oson qilish borasida hissa qo‘shishga undaydi. Shubhasiz, har bir qilingan zarrachalik yaxshilikning ajri-mukofoti bor. Ehson qila olmaydigan uzrlilarimiz esa, Feruzning haqiga duoi-xayrlar qilib qo‘yishsa, zora ularning duolari sharofatida Alloh shifoi komil bersa! 

Ahrorov Feruz +998973672725  PAYME, CLICK, AGROBANK Navoiy viloyati hududiy filiali

Plastik kartochka raqami: 8600 0423 4132 2237

MFO: 00197    

INN: 200007371

Naqd pul topshirganda: 23116000400000197001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 23118000200000197001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000197001

Tolib Rahmatov tayyorladi

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top