12:22 / 14.11.2018
35404

Qahvaning yangi foydasi aniqlandi

Foto: Shutterstock

Qahva haqidagi ilmiy ma'lumot Instituti (ISIC) mutaxassislarining aniqlashicha, ushbu ichimlikni iste'mol qilish insulinga bog‘langan diabet kasalligi (2-turdagi diabet) xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot uchun xabarnomada aytilgan.

Olimlar qahva va metabolik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikka aloqador 30 ta tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Ularda jami 1 185 210 kishi ishtirok etgan. Ma'lum bo‘lishicha, kuniga 3-4 chashka qahva iste'mol qilish ham ayollarda, ham erkaklarda 2-turdagi diabet paydo bo‘lish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Shu bilan birga, kofeinsiz qahva ham foydali ta'sirga ega.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ichimlik yallig‘lanishga qarshi ta'sir kuchiga ega, antioksidant effekti mavjud, ichak mikroflorasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek, yog‘ni yo‘qotishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qahvada kofein, kofein kislotasi, gidroksikorik kislotalar, trigonellin va diterpenlar, shu jumladan, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega kefestol va kaxveol kabi ko‘plab foydali moddalar mavjud.

Top