11:18 / 19.11.2018
29772

Miriqib uxlaydigan kishilarning sirlari

“Odamlar uyquga kundalik ishlardan biri sifatida munosabatda bo‘ladilar, masalan xuddi tish yuvish kabi”, - deydi Arizona Universiteti Integrativ tibbiyot markazining uyqu bo‘yicha mutaxassisi Rubin Nayman. – Ko‘pchilik uchun 7-9 soatga reallikdan “o‘chish” majburiyati sifatida qaraladi”.

Biroq ayrim kishilar tungi hordiqqa nisbatan o‘z munosabatlarini o‘zgartirishgan va uni haqiqiy huzurga aylantira olganlar. Ularning siri quyidagilardan iborat:

Foto: Unsplash

Uyquni qadrlaydilar

Tezkor uyqu fazasi, yoki REM-fazalar vaqtida miya fikrlarni boshqa vaqtdagidan ko‘ra ko‘proq yig‘adi. “Tush ko‘rish qobiliyati xotira va ijod uchun katta ahamiyatga ega”, - deydi Nayman.

“Uyquni sevadiganlar” o‘z tushlarini tushunish va eslab qolishga harakat qilishadi. Bunday kishilar tushlar ko‘p ma'noga egaligi va ongimizni aks ettirishini yaxshi anglaydilar. Shu omilning o‘zi ham ularni qadrlash uchun arzirli sababdir.

Uyquga tayyorlanadilar

Uyqudan oldin tinchlanib, ularni bezovta qiladigan barcha narsalarni yig‘ishtirib qo‘yishadi. Faqat biroz vaqt o‘tgachgina chiroqni o‘chirib, karavotga yotishadi.

Zamonaviy odamni sport avtomobili yoki ana shunday samolyot bilan taqqoslash mumkin. Biroq avtomobil qay darajada tez bo‘lsa, uning tormoz yo‘li ham katta bo‘ladi. Har qanday samolyot uchun bir necha metrdan iborat uchish-qo‘nish yo‘lagi talab etiladi. Shuning uchun kun davomida qancha ko‘p ish bajarsangiz, shuncha ko‘p dam olishingiz kerak bo‘ladi.

Foto: Unsplash

Karavotdan sakrab turishmaydi

Bunday kishilar tonggi mudroq holatni qadrlaydilar va unda uzoqroq bo‘lishni istaydilar. Bu uyqu, fantaziya, tetiklikning g‘aroyib aralashmasi bo‘lib, tashqi ta'sirlar uyqudagi obrazlarda iz qoldiradi.

Haqiqatan ham charchaydilar

The Bedtime Network tizimining asoschilaridan biri Liza Merkurio (Lisa Mercurio)ning qayd etishicha, aynan jismoniy faollik ularga a'lo darajada uxlashga yordam beradi. Liza marafonlarda ishtirok etadi, bu unga tezda uxlab qolishda yordam beradi.

Foto: Unsplash

Uyqu uchun to‘g‘ri vositalarni tanlaydilar

Dori va tinchlantiruvchi vositalarni ichish o‘rniga bunday kishilar uyqu uchun muhim melatonin garmonini iste'mol qilishadi. Organizmimiz yorug‘lik darajasiga juda bog‘liq, har doim ham uyqu vaqtida qorong‘u xonada bo‘la olmaganimiz sabab, melatoninni qabul qilish organizmga uxlash vaqti ekanini tushunishda yordam beradi.

Uyqusiz tunlar uchun o‘zlarini kechirishadi

Ba'zida hamma qoidalarga rioya qilishning ham imkoni bo‘lmaydi. Kechki payt ichilgan qahva, planshetdagi qiziqarli film, kechki ovqat yoki xavotirli fikrlar sizning hordig‘ingiz uchun xalaqit qilishi mumkin.

Bunday bo‘lgani uchun xafa bo‘lmang. Uyqusiz tun hayotingizni buzib yubormaydi. Ertaga ertaroq uxlash va kunduz kuni uxlab olish ma'noga ega bo‘ladi.

Foto: Unsplash

O‘zlariga vaqt ajratish uchun uyqudan voz kechishmaydi

Kattalar uxlashga erta yotmasligining yana bir sababi – o‘zi uchun vaqt ajratish. Kunduz kuni – ish, kechasi – uy ishlari, sevimli mashg‘ulotlar uchun vaqt qolmaydi. Shuning uchun uyquning 2-3 soatini kitob o‘qish, film tomosha qilish uchun sarflashga to‘ri keladi.

Agar uyquga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirsangiz, uni “sevib qolsangiz”, ustuvorliklar ham o‘zgaradi. O‘zingiz uchun vaqtni boshqa ishlar hisobiga topishga muvaffaq bo‘lasiz. Natijada grafik biroz o‘zgarib, soat 22.00 da uyqu mamlakatiga ravona bo‘lasiz.

 

Top