15:55 / 20.11.2018
29200

Qodirov Abu-Dabi shahzodasi bilan uchrashib, unga taklif bilan chiqdi

Foto: Chechnya Segodnya

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Abu Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zaid Al Nahayonni respublikaga tashrif buyurishga taklif qildi. Bu haqda u Telegram’da xabar bergan.

Qodirovning aytishicha, Al Nahayon bilan uchrashgan. Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan Chechenistonda amalga oshirgan loyihalar muhokama qilingan.

«Men Abu Dabi valiahd shahzodasiga samimiy qabul, e'tibor va respublikamizga yordam uchun minnatdorlik izhor etdim. Uni Chechenistonga tashrif buyurishga taklif qildim. Ishonchim komilki, Checheniston, umuman, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi keyingi hamkorlik sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tariladi», - deb yozadi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov chechenistonlik 5 yoshli bolaga Mercedes sovg‘a qilgandi.

Top