11:48 / 20.11.2018
15281

Olmaxon Nyu-York aholisini elektrsiz qoldirdi

Foto: imgur.com

Nyu-York shimolidagi 12 ming aholi olmaxon sababli elektr energiyasiz qoldi, deb xabar bermoqda NY Daily News.

Kommunal kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kemiruvchi Baffalo chekkasi, Lankasterdagi nimstansiyaga kirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Olmaxon uchta nimstansiyani ishdan chiqargan.

Avariya oqibatlarini bartaraf etishga uch soat vaqt ketdi. Ta'kidlanishicha, 2013-2014 yillarda ushbu tumanda elektr energiyasining rejalashtirilmagan uzilishlari 9 foizidan 21 foizigacha bo‘lgan hollarida bunga hayvonlar sababchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda kuchli qor shaharni falaj holatga solib qo‘ygandi.

Top