17:33 / 21.11.2018
14244

Odil Ahmedov: «Xitoyda o‘yinni sotish degan narsa yo‘q»

Foto: VCG/Getty Images AsiaPac

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov KUN.UZ bilan suhbatda Xitoy chempionatidagi kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash va ikki mamlakat Superligasi o‘rtasidagi farq haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmedov 2017 yil fevral oyidan buyon «Shanxay SIPG» klubi safida o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsum klub safida Xitoy chempioni bo‘lishga erishdi.

«Xitoyda har bir jamoa o‘ziga to‘q. Shuning uchun kelishib boshqa jamoaga o‘yinni sotish, degan narsa yo‘q. Korrupsiyaga qarshi kurash uchun chetdan ko‘p hakamlarni olib kelishadi. Deyarli hech qaysi o‘yinni mahalliy hakamlar boshqarmaydi, chetdan kelishadi. Misol uchun, Ravshan Ermatov 2-3ta o‘yinga borib hakamlik qildi.

O‘zbekiston va Xitoy ligasi o‘rtasidagi farq? Buni aynan faktlar bilan keltirib bera olmayman, chunki O‘zbekiston chempionatida anchadan buyon o‘ynamayapman. Kuzatib borganim bilan baribir ichki muhitdagi vaziyatdan bexabarman. Shuning uchun farqini aniq ko‘rsatib bera olmayman», - deb aytib o‘tdi Ahmedov.

Intervyuning to‘liq varianti bilan KUN.UZ`ning YouTube va Mover`dagi kanallarida tanishishingiz mumkin.

Video: Tas-IX

Video: Youtube.com

Top