18:40 / 22.11.2018
29668

Odil Ahmedovning «Orzu jamoasi»: undan jahonning qaysi yulduzlari va o‘zbekistonlik futbolchilar o‘rin oldi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o‘zi bilan birga to‘p surgan futbolchilardan tarkib topgan «Orzu jamoasi»ni tuzib chiqdi.

Ahmedovning ramziy terma jamoasidan u bilan birga «Paxtakor», «Anji» va «Krasnodar»da o‘ynagan hamkasblari va hozirgi klubi «Shanxay SIPG»dagi jamoadoshlari o‘rin olgan.

Odil Ahmedovning «Orzu jamoasi» quyidagi futbolchilardan iborat:
Darvozabon: Vladimir Gabulov
Himoyachilar: Yuriy Jirkov, Andreas Grankvist, Anzur Ismoilov, Islom Inomov
Tayanch yarimhimoyachilar: Aziz Haydarov, Lassana Diarra
Qanot o‘yinchilari: Villian, Xalk
Hujum orti futbolchisi: Oskar
Hujumchi: Aleksandr Geynrix

Eslatib o‘tamiz, Xitoy chempionatida g‘olib chiqib, ta'tilni o‘z vatanida o‘tkazayotgan 30 yoshli yarimhimoyachi kuni kecha KUN.UZ mehmoni bo‘ldi. Odil suhbat davomida turli mavzularda, jumladan O‘zbekiston terma jamoasi va uning yangi bosh murabbiyi, 8 yil oldin Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi xotiralari, Xitoy chempionati, futbolchi ruhiyati va mahorati, o‘zining kibersport o‘yinlaridagi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Intervyuni to‘liq shaklda KUN.UZ`ning YouTube va Mover`dagi sahifalari orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Tas-IX

Video: Youtube.com

Top