10:22 / 26.11.2018
65670

Ukraina Rossiyaga talab qo‘ydi

Foto: Reuters/Scanpix

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan go‘yoki ushbu davlat chegarasini buzgani uchun qo‘lga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalaridagi dengizchilarni qaytarishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Vazirlik Moskvani yaralanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, «Ukraina tomoniga yetkazilgan zarar uchun tovon puli to‘lash»ga chaqirdi.

Bundan tashqari, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ittifoqchilar va sheriklarga Rossiyani bosib turish uchun «yangi sanksiyalarni qo‘llash va mavjud bo‘lganlarini kuchaytirish», shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam taqdim etish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainada harbiy holat joriy etilganini izohlab, safarbarlik haqida gapirgandi.

Top