11:41 / 29.11.2018
15445

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi 

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilishi, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga joriy yilning aprel oyi oxirlarida tashrif buyurgandi. Bungacha Farhod Ermanov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.

Top