09:00 / 30.11.2018
16728

Uzbekistan Airways qishki mavsumda Moskvaga uchish narxlarini pasaytirdi

Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari»dan Uzbekistan Airways’ga aylangan aviakompaniya 29 noyabrdan Moskvaga aviachiptalar narxi pasaytirilishini e'lon qildi

Kompaniya matbuot xizmatida xabar berishlaricha, 2018 yil 29 noyabrdan 2019 yil 15 yanvargacha O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga uchish chiptalarining eng past narxi 100 yevroni, Moskvaga borib-qaytish chiptalari narxi esa 175 yevroni tashkil etadi.

Qayd etish kerakki, kechki kuz va qishki mavsumda Rossiyadan O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining ommaviy qaytishi kuzatiladi. Teskari yo‘nalishda esa samolyotlar saloni deyarli bo‘sh holatda uchadi.

Aviakompaniya Moskvadan Toshkentga reyslari narxlarini o‘zgartirmagan. Ayni vaqtda bu reys uchun chipta narxi 127 yevroga teng bo‘lib turibdi.

Top