10:24 / 04.12.2018
34959

Shahrisabzda litsey o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Shahrisabzda litseyda ta'lim olgan o‘quvchi o‘z uyida osilgan holda topilgan. Bu haqda Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatidagi manbasi xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, tuman prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan. 

7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘il bola 1-sonli litseyda tahsil olgan. Ba'zi taxminlarga ko‘ra, u litseyda koyishgani tufayli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Bolaning oilasi namunali va ziyoli ekani ma'lum qilindi. Oilada ikki qiz va bir o‘g‘il bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilgan bola litseydagi a'lochi o‘quvchilardan biri hisoblangan. 

Kun.uz manbasi xabar berishicha, hozirgi paytda tuman prokuraturasi hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osgani, u maktabda kamsitilganidan keyin ruhiy tushkunlikka uchragani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top