11:11 / 05.12.2018
10515

Sergelidagi yangi uylardan birini olmoqchi bo‘lgan ayolni 35 ming dollarga «uxlatishdi»

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 3 dekabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 15 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan B.S. Sh.Rustaveli ko‘chasi oldida Chilonzor tumanida yashovchi D.B. ga Sergeli tumanida qurilayotgan yangi uylardan 3 xonalisini 2018 yil avgust oyiga qadar olib berishini va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 35 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. B.S. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Top