21:43 / 06.12.2018
17157

«Lester» xo‘jayini vertolyoti halokatining sababi ma'lum bo‘ldi

27 oktabr kuni «Lester» klubi stadioni yonida vertolyotning halokatga uchrashi sabablari ma'lum bo‘ldi.

Vertolyot osmonga ko‘tarilgan paytda kokpit pedallari vertolyotning dum qismidagi rotordan uzilib qolgan. Natijada, uchuvchi vertolyotni nazorat qilishdan mahrum bo‘lgan, deb xabar beradi Aviatsiya hodisalarini surishtirish xizmati.

Eslatib o‘tamiz, vertolyot halokatida «Lester»ning tailandlik xo‘jayini Vishay Shrivaddxanaprabxa va uning xodimlari Nursara Suknamay va Kaveporn Punpare, uchuvchi Erik Svaffer va yo‘lovchi Izabela Roza Lechovich nobud bo‘lgan edi.

Halokat «Lester» - «Vest Hem» o‘yinidan keyin yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, vertolyot odatdagidek futbol maydonidan havoga ko‘tarilgan. Bir necha soniyadan keyin uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan va vertolyot stadion yonidagi avtoturargohga qulagan.

Top