10:34 / 13.12.2018
12192

Pentagon Turkiyaga Suriya bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Foto: REUTERS

Pentagon vakili Shon Robertsonning ma'lum qilishicha, Suriya shimoli-sharqidagi turk harbiylarining bir tomonlama harakatlari «qabul qilinishi mumkin emas». Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Robertson qayd etishicha, Suriyaning bu qismidagi harbiy harakatlar Qo‘shma Shtatlar vakillariga ta'sir qilishi mumkin.

«AQSh vakillari u yerda [Suriya shimoli-sharqida] yoki yaqin joylarda bo‘lishi mumkinligi hisobga olinib, [bir tomonlama harakatlar] jiddiy tashvish keltirib chiqaryapti. Bizning fikrcha, bunday har qanday harakatlarni qabul qilib bo‘lmaydi», - deya ma'lum qildi Robertson.

Shuningdek, uning eslatishicha, Suriyaning bu qismida hozirgi vaqtda terrorchilik tashkilotlari vakillari bilan kurash olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Qora dengizda harbiy baza qurishni boshlagandi.

Top