10:20 / 14.12.2018
6679

Janubiy Koreya prezidenti hukumatda katta ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirdi 

Foto: AFP Photo/KIM HONG-JI

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hukumatda katta ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirib, 16 nafar yangi vazir o‘rinbosarlarini tayinladi. 

Prezidentning ishchi masalalar bo‘yicha yordamchisi Li Xo Sen moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, fan va texnika bo‘yicha yordamchisi Mun Mi Ok esa fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Moliya vazirligining byudjyet boshqarmasi boshlig‘i Ku Yun Chxol moliya vazirining ikkinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

Jumladan, sportga ko‘mak ko‘rsatuvchi jamg‘armaning yuqori mansabdor shaxsi Kim Yen Sam madaniyat va sport vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlagan.

Ta'kidlanishicha, hukumatdagi o‘zgartirishlar Mun Chje Inning davlat ishlarini qat'iyroq nazorat ostiga olishga tayyorligini ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid
Top