00:40 / 14.12.2018
28294

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Anqara shahrida ro‘y bergan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Anqaradan Ko‘nyaga yo‘l olgan tezyurar yo‘lovchi poyezdi lokomotiv bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohat olgan. Poyezdning ikkita vagoni relslardan chiqib ketgan. Shuningdek, yer usti o‘tish joyi qulagan.

Top