16:21 / 15.12.2018
26619

Ostona aeroportida qor qoploni ko‘rinishidagi samolyot taqdim etildi. Narxi - 34 mln dollar

Foto: Air Astana

Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroportida Embraer 190-E2 yangi samolyoti taqdim etildi. Noyob avialayner, birinchi navbatda, dizayni bilan e'tiborni jalb qiladi. Samolyot fyuzelyajining burun qismi qor qoploni tasviri bilan bezatilgan, deya xabar qilmoqda «Astana» telekanali.

Foto: Vlast.kz

«Eyr Astana» shu tarzda butun dunyoga noyob hayvonlarning yo‘qolishi haqida muntazam ravishda eslatmoqchi. Rejaga ko‘ra, yangi samolyotlar nafaqat Qozog‘iston bo‘ylab, balki Rossiya, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Xitoyga ham parvoz qiladi.

Foto: Vlast.kz

Samolyotning birinchi parvozi 19 dekabrda Ostona - Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi, deya aytib o‘tdi aviakompaniya prezidenti Piter Foster.

Laynerning qiymati - 34 million dollar. Ishlab chiqarilgan mamlakat - Braziliya. Kelgusi yillarda aviakompaniya parki yana to‘rtta samolyot bilan to‘ldiriladi.

Foto: Vlast.kz

Avvalroq, kompaniya yangi samolyot yaxshilangan aerodinamikaga ega katta qanot, yangi bort uskunalari va takomillashtirilgan dvigatellarga ega ekani haqida ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top