17:20 / 15.12.2018
64185

Toshkent bozorlarida narxlar qanday: un, guruch, kartoshka va paxta moyi qiyoslandi

Kun.uz tahririyati Toshkent shahrida 4ta mahsulot: un (mahalliy, 1-nav), kartoshka (Rossiyadan keltirilgan oliy nav), guruch (import qilingan, Rossiya va Tayland) va paxta moyi narxi (mahalliy) o‘rgandi. Qiyoslash uchun 1 kilogramm uchun belgilangan narx olindi. 

Buning uchun Toshkentning Qo‘yliq, Chorsu, Farxod va Chilonzor dehqon bozorlari tanlandi. Qo‘yliq bozorida 1-navli mahalliy unni (kg-1750 so‘m) topib bo‘lmadi. Rossiyadan keltirilgani aytilgan kartoshkaning 1 kilogrammi 1200dan sotilayotgan bo‘lsa-da, ularni oliy nav deb bo‘lmasdi.

Mover'da ko‘rish

Youtube'da ko‘rish

Kartoshkaning saralari bozorning boshqa burchagida uddaburon tadbirkor tomonidan 2500 so‘mdan sotilayotgani ma'lum bo‘ldi. Arzonlashtirilgan yarmarkada savdo qilayotgan kartoshka sotuvchisi esa, nima uchun maydalari sotilmoqda, degan savolimizdan so‘ng, alohida saralangan yirikroq kartoshkalarni qayta rastaga joyladi.

Qo‘yliqda 1-navli paxta yog‘ining 1 litri 7200 so‘mdan bemalol sotilayotgandi. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan keltirilgan guruch kilogrammi 5700 so‘mdan xaridorlarga taklif etilayotgan edi. 

Toshkentning Chorsu, Farxod va Chilonzor bozorlarida ushbu 4ta mahsulot ham mavjudligi aniqlandi. Faqat Rossiya kartoshkasi saralanmagan aralash holdagisining 1 kilogrammi 2000 so‘mdan mijozlarga yetkazib berilmoqda.

Bu bozorlarda 1-navli paxta yog‘ining 1 litri 7200 so‘m, Tayland, Rossiyada yetishtirilgan guruchning bir kilogrammi 5700 so‘mdan, O‘zbekistonning “Mustaqillik” navli guruchning bir kilogrammi 6000 so‘mgacha va O‘zbekistonda ishlab chiqilgan 1-navli bug‘doy unining 1 kilogrammi 1750 so‘mdan sotilmoqda.

Siz istiqomat qilayotgan hudud dehqon bozorlaridagi bayramoldi yarmarkalarida bu mahsulotlarning bir kilogrammi qanchadan sotilmoqda?

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top