16:10 / 16.12.2018
29070

AQShda oltinchi avlod qiruvchi samolyotining narxi ma'lum qilindi

Foto: Air Force Research Laboratory

Kelajakda AQSh harbiy-havo kuchlari ta'minlanadigan yangi qiruvchi samolyotning narxi 300 mln dollar bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Defense News. Qayd etilishicha, AQSh HHKga 414ta samolyot kerak, shundan so‘ng F-15 va F-22 qiruvchilaridan voz kechiladi. 

Yangi qiruvchi samolyot sezilmas planer va ekranlashgan dvigatellar, yangi bort qurilmasi va qurollarga ega bo‘ladi. Qiruvchi samolyotni ishlab chiqish Air Superiority qayta qurollanish rejasi doirasida amalga oshirilmoqda, u 2030 yilda foydalanishga topshiriladi.

2022 yilda yangi samolyotni loyihalashtirish uchun 3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarflanishi rejalashtirilmoqda.  

Avvalroq Stokgolmdagi tinchlik muammolarini tadqiq qilish xalqaro instituti 2017 yilda jahon bo‘yicha eng ko‘p qurol sotgan davlat AQSh bo‘lganligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top