17:17 / 25.12.2018
7094
Reklama

LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi bilan mazali taomlar tayyorlang!

Foto: LG

LG Electronics kompaniyasi bayram kunlari sevib tanovul qilinadigan taomlarning oddiy va mazali videoretseptlarini taqdim etadi. Mazali retseptlar ayniqsa taomlarni tez va qiyinchiliklarsiz tayyorlash istagida bo‘lganlarga asqatadi.

Yangi yilning eng esda qolarli ramzlaridan biri albatta mazali yeguliklarga to‘la bayram dasturxonidir. Bayram onlaridagi shodlikdan to‘la bahra olish uchun stolga tortiladigan taomlar haqida oldindan o‘ylab qo‘ygan ma'qul.

Xo‘sh azizlar, siz bayram dasturxoniga qanday taom taqdim etish haqida bir qarorga keldingizmi?

Quyidagi havolalar orqali videolar bilan tanishib oling:

  1. https://mover.uz/watch/Ijqeli8m/
  2. https://mover.uz/watch/7HmP2p1m/
  3. https://mover.uz/watch/URoisB1m/
  4. https://mover.uz/watch/Xl3BjzE/

Eng mazali va tayyorlash oson bo‘lgan taomlarni biz SmartInventer texnologiyasiga ega LG NeoChef  mikroto‘lqinli pech orqali tayyorlaymiz. Uning o‘ziga xos tomoni innovatsion invertorli ekanligidadir. Bu shundan dalolat beradiki, qurilmadagi magnetron (mikroto‘lqinlarni hosil qiluvchi qism) oddiy pechlardagi singari yuqori quvvat uchun o‘chib-yonib, uzilishlar bilan ishlamaydi, aksincha bir xil quvvatda doimiy ishlaydi. Bunday uslubda ishlovchi oddiy mikroto‘lqinli pechlar yuqori quvvatda ma'lum muddat ishlashlari oqibatida yegulikning ust qismi qattiq qizisada, ichki qismlari sovuqligicha qolaveradi.

«Konvektsiya» funksiyasi tufayli LG NeoChef an'anaviy pishirgich(duxovka)larga ajoyib o‘rinbosar bo‘ladi. Uning ortidagi maxsus ventilyator issiq havoni ufurib turadi va bu havo ishchi kamera ichida aylanadi. Bu funksiya oddiy pishirgichlarda ko‘p kuzatiladigan yegulik hali pishib yetilmasdan turib ust qismlari kuyishini unutishga imkon beradi.

LG NeoChef bilan tayyorlangan pishiriqlar yumshoq va qirmizi qobiq, yaxshi pishib yetilgan ichki qismlarga ega bo‘ladi. Uning eng qiziq xususiyati pishiriqlarni folgaga o‘ragan holda ham pishirish mumkin.

Telegram kanal: https://t.me/lgneochefRU

Yangi yil dasturxoniga pechene yoki butun tovuq pishirib tortishni istaysizmi?

Sig‘imi katta ishchi kamera va 29,2 sm diametrga ega aylanuvchi stolchaga ega LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi buni hech bir qiyinchiliksiz amalga oshirishingizda yordam beradi.

Modelning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri olti burchakli tayanch tizimi bo‘lib, aynan unga aylanuvchi stolcha o‘rnatiladi. Bu esa o‘z navbatida idishni stolchaning aynan markaziga emas, istagan joyiga qo‘yish imkoniyatini beradi – stolcha baribir qimirlamaydi va idish ag‘darilib ketmaydi.

Futuristik dizayn, iste'molchilarning yuqori tavsiflari, avtomatik dasturlarning keng tanlovi yoki qo‘l orqali boshqaruv LG NeoChef mikroto‘lqinli pechini tez, mazali va chiroyli tayyorlash zarur bo‘lgan Yangi Yil bayrami kunlarida bebaho yordamchiga aylantiradi. 

Uning oson tozalanuvchi EasyClean antibakterial qobig‘i tufayli taom tayyorlanigan yoki isitilganidan so‘ng qiynalib tozalashga hojat yo‘q, shunchaki nam gubka bilan artish kifoya qiladi.

Foto: LG

LG NeoChef – Yangi Yilda o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun ajoyib sovg‘a!

Foto: LG

LG NeoChef MJ3965BIS, MJ3965BIH, MJ3965AIS mikroto‘lqinli pechini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillardan biriga murojaat qilishingiz mumkin:

- “Fleshka” texnobozori (sobiq «Malika» fabrika)

- «Ipak Yuli» bozori (sobiq «Abu-Saxiy» bozori)

- “GoodZone” do‘koni, telefon: +99871 207-03-07

- MEDIAPARK Bozori tarmog‘i, telefon: +99871 203 33 33

- LG kompaniyasining «Next» savdo-ko‘ngilochar markazidagi firma do‘koni, telefon: +99895 143-00-03.

LG Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy axborotlarini kuzatib boring:

Facebook: www.facebook.com/LGUzbekistan

Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan

LG xaridorlarini servis qo‘llab-quvvatlash markazi: 0−800 120−22−22. O‘zbekistonda yashovchilar uchun bu raqamga qo‘ng‘iroq qilish bepul. Muhimi, raqamni to‘liq terishni unutmang!

Foto: LG

Reklama huquqi asosida

Top