10:03 / 02.01.2019
39374

O‘zbekistonning BMT byudjyetidagi ulushi ma'lum bo‘ldi

Foto: un.org

31 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi BMT muntazam byudjyetiga 3 yil muddatga davlatlar to‘lovlarining yangi shkalasini tasdiqladi. O‘zbekistonning tashkilot byudjyetidagi ulushi 0,032% foizni tashkil etadi. Bu haqda Aziya-Plyus xabar bermoqda.

AQSh maksimal darajada - BMT barcha xarajatlarining 22 foizini to‘lashda davom etadi. Xitoy bir necha o‘n yil ichida birinchi marta Yaponiyani ortda qoldirdi va BMT muntazam byudjyetida hisob bo‘yicha ikkinchi eng yirik to‘lovchiga aylandi.

Har bir a'zo davlatning hissasi BMT umumiy xarajatlaridan foizda hisoblanadi. Har uch yilda bir marta davlatlar to‘lov qobiliyati qayta ko‘rib chiqiladi. Hisoblash milliy yalpi daromad ko‘rsatkichlarini e'tiborga oladi.

2019-2021 yillar mobaynida eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun maksimal to‘lov stavkasi 0,011 foizdan, badavlat davlatlar uchun esa - BMT muntazam byudjyetining 22 foizidan oshmasligi kerak.

AQSh BMT muntazam byudjyetiga umumiy miqdorning 22 foizini to‘laydi, Xitoy - 12,005 foiz, Yaponiya - 8,564 foiz, Germaniya - 7 foizdan kamroq, Fransiya - 4,427 foiz, Braziliya 2,9 foiz, Kanada - 2,734 foiz, Rossiya - 2,405%, Avstraliya - 2,210%, Qozog‘iston - 0,187%, Litva - 0,071%, Ukraina - 0,057%, Belarus - 0,049%, Ozarboyjon - 0,049%, Latviya - 0,047%, Estoniya - 0,039%, Turkmaniston - 0,033%, O‘zbekiston - 0,032%, Gruziya - 0,008%, Armaniston - 0,007%, Tojikiston - 0,004%, Qirg‘iziston - 0,002%.

Agar davlatlar BMT oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa, bosh assambleyada ovoz berish huquqini yo‘qotadi.

Top