10:10 / 03.01.2019
19981

Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ndi

Foto: CNSA

Xitoyning «Chan'e-4» kosmik apparati insoniyat tarixida birinchi marta Oyning teskari tomoniga qo‘ndi. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» agentligi tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Associated Press agentligining Xitoy televideniyesiga asosan aniqlik kiritishicha, apparat Xitoy vaqti bilan soat 10:26da (Toshkent vaqti bilan 6:26) Oyga qo‘ngan.

Xitoy hukumatining qayd etishicha, bu voqea «kosmik tadqiqotlar sohasida muhim bosqich» hisoblanadi.

Foto: GGTN

Avvalroq, «Chan'e-4» Oyga yaqinlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Morgan Stanley 2019 yilni «kosmos yili» deb atagandi.

Top