15:49 / 08.01.2019
11969

Xayriya: Hamidulloh yurak porogidan aziyat chekmoqda – unga yordam beraylik!

Yaxshilik, xayr-saxovat, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish. Oramizda insoniylikning ushbu oliy fazilatlarini hayotining bosh mezoni, shioriga aylantirib olganlar juda ko‘p. Ular kimdir aytsa-aytmasa, dalolat qilsa-qilmasa, bu shiorga umrining oxirigacha amal qiladi. Shu bilan birga, «kimki bir yaxshi ishga sababchi bo‘lsa, o‘shani qilgan kabidir» mazmunidagi hadisi-sharifdan ko‘pchiligimizning xabarimiz bor.

Kun.uz tahririyati  xayrli ishlarda, yordamga muhtoj bemorlarga ehson qilishda sherik bo‘lish yo‘lida qator xayriya aksiyalarini tashkil etmoqda. Bir muddat avval Kun.uz saytida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanining Robqonidan kelgan yurak porogidan aziyat chekayotgan Hamidullohning davolanishga doir xayriya aksiyasi chiqqan edi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Buvisining so‘zlariga ko‘ra, Hamidulloh tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Shu yilning fevral oyidan buyon ikkinchi nevarasini davolatish bilan ovora. Qolaversa, oilaning yolg‘iz o‘g‘li, Hamidullohning otasi ham YTH oqibatida og‘ir davolash kurslarini boshdan kechirgan. Jarrohlik amaliyotlarini o‘tagan.

Shu boisdan ham yurak porogidan aziyat chekayotgan Hamidullohni davolatishga oilaning qo‘li kaltalik qilmoqda. Hamidulloh zudlik bilan Hindistonda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi kerak. Chunki O‘zbekistonlik shifokorlar unda jarrohlik amaliyoti murakkab bo‘lgani bois bu yerda o‘tkaza olmasliklarini bildirishdi. Shifokorlar umid bor deyishmoqda. Buning uchun esa 20 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur. Oilaning esa bu mablag‘ni topib berishga imkoniyati yo‘q. Ularning birdan-bir umidi saxovatpesha xalqimizdan bo‘lib turibdi.

Saxovatpesha yurtdoshlar! Shu oilaning, ko‘z yoshi to‘kib turgan onaxonning tashvishi arishida, yana bir jajji vatandoshimiz shifo topishida, murg‘ak qalbi orom olishida o‘zimizning katta-kichik hissamizni qo‘shaylik. Siz bir hamyurtingizning tashvishini ketishida yordam bersangiz, Alloh sizning tashvishingiz ketishida yordam bersin! Ehson ishiga barchamiz jam bo‘lib, bosh qo‘shaylik!

+99890 947 78 80 – Boboyev Mag‘rubjon (otasi)

PAYME, CLICK, AGROBANK Toshkent shahar filiali

Plastik kartochka raqami: 8600 0412 7646 2307 – Boboyev Mag‘rubjon (otasi)

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top