15:20 / 09.01.2019
7420

«Bavariya» Pavar transferini e'lon qildi

«Shtutgart» himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini «Bavariya»da davom ettiradi.

Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan fransuz myunxenliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.

«Bavariya» sport direktori Xasan Salixamidjichning ma'lum qilishicha, Pavar yangi klubiga shu yilning 1 iyulida kelib qo‘shiladi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, «Bavariya» jahon chempioni kashfiyotlaridan bo‘lgan futbolchi uchun 35 million yevro to‘lagan.

Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Pavar Bundesliganing joriy mavsumida 14 uchrashuvda maydonga tushgan.

Top