11:08 / 09.01.2019
3633

Braziliya bir oy avval ma'qullangan migratsiya bo‘yicha global kelishuvdan chiqdi

Foto: Pixabay/gleidiconrodrigues

Braziliya BMTni xavfsiz, tartiblashgan va qonuniy migratsiya haqidagi global kelishuvdan chiqishidan xabardor qildi. Bu haqda Estado de Sao Paulo nashri ma'lum qildi. 

Ushbu qarorni 1 yanvarda prezident lavozimini egallagan Jair Bolsonaru qabul qildi.

“Mamlakat rahbariyati muhojirlarga qarshi emas, biroq ularning Braziliyaga kelishi qat'iy nazorat qilinishi lozim”, deb aytgan Bolsonaru.

Kelishuv 2018 yil 10 dekabrda BMTning Marokashdagi anjumanida ma'qullangan edi. Braziliya tomonidan uni endilikda sobiq tashqi ishlar vaziri Aloiziu Nunes imzolagandi.

Braziliyaning amaldagi tashqi ishlar vaziri Ernestu Arauju hujjatni muhojirlar oqimi muammosini hal qilishning to‘g‘ri kelmaydigan usuli deb atagan. Uning fikricha, bu vaziyatni global nuqtai nazardan emas, balki har bir davlatdagi voqeliklardan kelib chiqib alohida baholash lozim.

Top