12:13 / 09.01.2019
15308

Uchtepa tumanida yuz bergan o‘zaro janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

2019 yil 5 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G.D. mast holda qo‘shnisi M.P.ning uyida u bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.P. olgan jarohati bo‘yicha hech qayerga murojaat qilmay, 7 yanvar kuni uyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.D. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top