16:26 / 10.01.2019
7771

Gigabyte sun'iy ong o‘rnatilgan ilk noutbukni namoyish etdi

CES 2019 ko‘rgazmasida Gigabyte kompaniyasi sun'iy ong o‘rnatilgan noutbuklarini namoyish etdi. Sun'iy ong noutbukning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Kompaniya Aero 15-Y9 va 15-X9 noutbuklarini taqdim etmoqda. Birinchisi Intel Core i9-8950HK protsessori va RTX 2080 videokartasi bilan ishlaydi. Uning 15,6 dyuymli displeyi 4K-hajmda ko‘rsatadi.

Aero 15-X9 esa Core i7-8750H protsessori va RTX 2070 videokartasi bilan jihozlangan.

Har ikki noutbukka Azure AI servisi negizidagi sun'iy ong o‘rnatilgan. Sun'iy ong kompyuterda nima ishlayotganini (o‘yin, video yoki brauzer) aniqlaydi va protsessor hamda videokarta uchun eng maqbul quvvat darajasini tanlaydi. 

 

Mavzuga oid
Top