11:23 / 12.01.2019
37226

Past Darg‘om tumani hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Past Darg‘om tuman kengashining navbatdagi tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Bahodir Safiyullayevich Sa'dullayev o‘z arizasiga binoan Past Darg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan. Shu paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Past Darg‘om tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Sa'dullayev 2018 yilning 1 avgust kuni Past Darg‘om tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sobir Ergashev o‘rniga tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.

Top