08:36 / 16.01.2019
6804

OAV: AQSh raketalardan mudofaa tizimini sun'iy yo‘ldoshlar yordamida kuchaytirmoqchi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Qo‘shma Shtatlar va butun dunyoda raketalardan mudofaani kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda U.S. News Associated Press’ga tayangan holda xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Tramp ma'muriyati, boshqa choralardan tashqari, kosmosga sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, ular nishonlarni aniqlash va kuzatishda yordam beradi. Agentlikdan qayd etishlaricha, Oq uy raketalarga qarshi tizimlarni kosmosga olib chiqishni talab qilmaydi.

Shuningdek, xabar berilishicha, bu rejalar 17 yanvar, payshanba kuni, Pentagon AQSh raketalardan mudofaa tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni taqdim etganida e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Eronga zarba berish rejalari ma'lum bo‘lgandi.

Top