19:31 / 18.01.2019
7359

Kiyev Rossiya bilan tuzilgan ellikka yaqin shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda

Kiyev Rossiya bilan tuzilgan ellikka yaqin shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda, dedi Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, qirq to‘qqizta shartnoma allaqachon bekor qilingan. U Ukraina "shu yo‘nalishda davom etishiga" va'da berdi.

"Biz hozirda Rossiya bilan munosabatlarni minimum darajaga tushirdik. Munosabatlarimiz yaxshilanishiga hech kim da'vo qilolmaydi. Biz bundan o‘tib bo‘ldik, ertaga ham, indinga ham bu bo‘lmaydi", dedi u.

O‘tgan yilning sentyabrida Kiyev Rossiya bilan do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgandi. O‘shanda Klimkin Ukraina Rossiya bilan barcha shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishini ma'lum qilgandi.

Top