22:50 / 20.01.2019
49563

Shavkat Mirziyoyev Berlinga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga yetib bordi.

Davlat rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev Berlinda Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

22 yanvar kuni Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top